Get Mystery Box with random crypto!

#faktlar Buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz zabt etishga muv | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#faktlar

Buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz zabt etishga muvaffaq bo’lgan hududlar umumiy maydoni 4,6 million kilometr kvadratga tengdir. (Hozirgi O’zbekiston hududidan deyarli 10 barobar ko’proq)

Amir Temurning 1395-yilda To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi kuchsiz va davlatchiligi shakllanib ulgurmagan ruslarning mug‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini ta’minlagan. Tarixchi Sarafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» kitobida yozilishicha, Amir Temur Moskvani ham bo’ysindirgan.

1398-1399 yillar davomida Amir Temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.

1402-yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan. Amir Temur 6 asr hukm surgan Usmoniylar imperiyasiga yurish qilib, toru-mor qilgan yagona Markaziy Osiyo vakilidir.

20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan.

Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi Tehron muzeyida saqlanadi. Haqiqiy egalari Temurning avlodi Boboriylar hisoblangan ko’xinur olmosi ham Londonda saqlanadi. Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanib kelmoqda. Buyuk bobomizdagi mardlik, shijoat va vatanga muhabbat kabi sifatlari O’zbekiston yoshlarining tomirlaridagi qonida saqlanib kelmoqda!

@PMTESTS