Get Mystery Box with random crypto!

#olimlarga_ehtirom Agar uning o’rnida o’g’lim bo’lganida uni | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#olimlarga_ehtirom

Agar uning o’rnida o’g’lim bo’lganida uni qatl qilardim. Lekin olimni qanday qilib qatl qilaman!

Amir Temur olimlarni o’ziga yaqin tutar, izzat-hurmat ko’rsatar va ularni har qanday odamdan ustun ko’rardi. Ularning har birini o’z martabasiga qo’yib, izzat-u ikromini izhor qilardi. Shu davrda Samarqandda ilm-fan yuqori darajada taraqqiy topdi. Buyuk bobolarimiz davlati dunyoning eng qudratli davlatiga aylandi.

Dunyodagi eng qudratli davlat hukmdori Amir Temur hatto g’azablangan vaqtida ham olimlarning hurmatini saqlay olgan.

Mashhur olim va tarixchi Ibn Arabshoh quyidacha yozadi:
“Amir Temur muhim davlat ishi bo’yicha bir joyga chopar yubordi. Choparga: Agar yo’lda ot kerak bo’lib qolsa, kimning otini ko’rsang ol, agar o’g‘lim Shoxruhniki bo’lsa ham”, dedi. Chopar u amr qilgan tarafga tezlab jo’nadi. Yo’lda Alloma Taftazoniyning chodir oldiga bog’langan otlarini ko’rdi. Chopar o’sha otlardan birini oldi. Alloma Sa’duddin Taftazoniy chodirdan chiqib, uni ushlab oldi. Otni chopardan qaytarib oldi va uni rosa kaltakladi.

Chopar Amir Temurning oldiga qaytib borganida bo’lgan gapni unga aytdi. Shunda Amir Temur qattiq g’azablandi. Ammo birozdan so’ng: “Agar uning o’rnida o’g’lim bo’lganida, uni qatl qilardim. Lekin qaysi joyga borsam, kitoblari u yerga mening qilichimdan oldin kirib borgan odamni qanday qilib qatl qilaman”, dedi”.

@PMTESTS