Get Mystery Box with random crypto!

Kecha 4-fevral kuni @PMTESTS jamoasi tomonidan bir necha tadbi | Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Kecha 4-fevral kuni @PMTESTS jamoasi tomonidan bir necha tadbirlar bir vaqtda amalga oshirildi.

Dastlab, Jizzax shahrida 4-sinf o'quvchilari o'rtasida offline YUTUQLI olimpiada o'tkazildi. Eng yuqori ball olgan o'quvchilar savol-javob qilinib, g'oliblar aniqlandi va pul mukofotlari o'quvchilarga shu zahoti topshirildi.

Jizzax shahrida bo'lib o'tgan YUTUQLI OLIMPIADAda eng yuqori natija ko'rsatgan 12 ta o'quvchi o'rtasida qo'shimcha savol-javob o'tkazildi va 2 ta o'quvchiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADAga yo'llanma berildi.

Pullik kanallarimizda soat 17:10-19:00 oralig'ida 47-online test yopiq tarzda o'tkazildi. Ushbu natijalar hafta davomida o'tkazilgan dastlabki 3 ta test natijalari bilan umumlashtiriladi va KATTA YUTUQLI olimpiadaga yo'llanma uchun ular saralab olinadi.

Soat 19:00-20:30 oralig'ida kanalimizda 5-online YUTUQLI OLIMPIADA bo'lib o'tdi. Va 20 ta o'quvchi 50000 so'mdan pul mukofotiga ega bo'lishdi.

Soat 20:30-22:50 gacha 28-yanvarda Respublika bo'ylab o'tkazilgan Asosiy imtihon tayyorgarlik testlarida eng faol ishtirok etgan 37 ta o'quvchi bilan Zoom ilovasida savol-javob o'tkazildi. Ulardan 3 tasi pul mukofotiga ega bo'lishdi va 2 ta o'quvchiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADAga yo'llanma berildi.

Bugun ushbu tadbirlar natijasini kanalimizda e'lon qilib boramiz.

t.me/pmtests