Get Mystery Box with random crypto!

Qarshi shahridagi Prezident maktabi tarbiyachi pedagog va ishc | Prezident maktabi | Qarshi shahri

Qarshi shahridagi Prezident maktabi tarbiyachi pedagog va ishchi xodimlari Abu Mu’in Nasafiy majmuasiga tashrif buyurishdi

Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan Abu Mu’in Nasafiy qadimiy ziyoratgohlardan sanaladi. Bugun Qarshi shahridagi Prezident maktabining tarbiyachi pedagog va ishchi xodimlari bilan birgalikda Kalom ilmining mashhur allomasi, mutafakkir Abu Mu’in Nasafiy majmuasiga tashrif buyurib, ziyorat qildik.

Abu-Mu’in Nasafiy kalom ilmining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lib, u Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limotining dunyoda keng miqyosda tarqalishiga katta hissa qo‘shgan allomalardandir. U kishi ilm-u urfonda yetuk, ziyoli bir oilada ulg‘aygan. Ajdodlaridan aksariyati, ayniqsa, fiqh ilmi sohasidagi ulkan salohiyatlari bilan xalq orasida obro‘ qozongan. Mazkur ziyoratgohda Qur'oni Karimning asl qo‘lyozma nusxasi saqlanmoqda. Bu kitob qadimgi Samarqand qog‘oziga bitilgan, xattotlik elementlari bilan bezatilgan.

Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube