Get Mystery Box with random crypto!

#Эълон #Ixtisoslashtirilgan_maktablar Prezident maktablari | Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!

#Эълон
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolmagan o'quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023-o'quv yilida Prezident maktablari kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o'qishga kira olmagan talabgorlar o‘zlari ta'lim oladigan hududda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga o'qish uchun ariza topshirishi mumkin.

Bunda ular kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida IMTIHONSIZ mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Talabgorlarning ota-onalari ixtisoslashtirilgan maktabga borib, direktori nomiga o'qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.

Agar belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish istagini bildirsa, ustunlik 2-bosqich imtihonidan yuqori ball to'plagan talabgorga beriladi.

SHOSHILING
!

Arizalar 8-SENTABRGACHA (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube