Get Mystery Box with random crypto!

​Varshava shartnomasi tashkiloti (Do'stlik, hamkorlik va o'zar | plyuralizm

​Varshava shartnomasi tashkiloti (Do'stlik, hamkorlik va o'zaro yordam shartnomasi) (1955 yil 14-maydan 1991 yil 1-iyulgacha) — SSSRning boshchiligida Yevropa sotsialistik davlatlari bilan harbiy ittifoqini tuzishni rasmiylashtirgan hujjat — Varshava Shartnomasi Tashkiloti (VShT) va dunyoning bipolyarligini 36 yil davomida belgilab berdi. Shartnomaning tuzilishi Germaniyaning NATOga qoʻshilishiga javob boʻldi
Shartnoma Evropada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 1955-yil 14-mayda Yevropa davlatlarining Varshava konferensiyasida Albaniya, Bolgariya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya, SSSR va Chexoslovakiya tomonidan imzolangan.

Shartnoma 1955 yil 5-iyunda kuchga kirdi. 1985 yil 26-aprelda muddat tugashi munosabati bilan u 20 yilga uzaytirildi.

1987-yil 1-iyul holatiga ko'ra Varshava Shartnomasiga a'zo mamlakatlarning Qurolli Kuchlari 6 435 900 kishini tashkil etardi.

1989—1990-yillarda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kommunistik rejimlar almashganidan soʻng Varshava Shartnomasi Tashkilotining sotsialistik mamlakatlarning harbiy-siyosiy ittifoqi sifatida mavjudligi oʻz mazmunini yoʻqotdi. 1991 yil 25-fevralda Varshava Shartnomasi Tashkilotiga a'zo davlatlar harbiy tuzilmalarini bekor qildilar va 1991 yil 1-iyulda Pragada Shartnomani to'liq bekor qilish to'g'risidagi Protokolni imzoladilar
Shartnoma muqaddima va 11 moddadan iborat edi. Uning shartlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq, Varshava Shartnomasiga a'zo davlatlar xalqaro munosabatlarida kuch ishlatish bilan tahdid qilish yoki qo'llashdan tiyilishga va ulardan biriga qurolli hujum qilingan taqdirda, hujumga uchragan davlatlarga barcha vositalar bilan zudlik bilan yordam ko'rsatish, shu jumladan qurolli kuchlar bilan ham yordam berish koʻzda tutilgan edi.
Varshava shartnomasining faoliyati davomida ishtirokchi davlatlarning razvedka idoralari o'rtasida doimiy muvofiqlashtirish mavjud edi, 1979 yildan boshlab global elektron razvedka tizimi ishlay boshladi. Bu tizim SOUD, SSSR, Bolgariya, Vengriya Polsha, Chexoslovakiya, GDR, shuningdek, Varshava shartnomasiga kirmagan Vyetnam, Mo'g'uliston va Kubaning elektron va kosmik razvedka vositalarini o'z ichiga olgan edi.
Deyarli barcha Varshava shartnomasi davlatlari tugatilgandan keyin, yo Yevropa Ittifoqiga qoʻshildi yoki NATO a'zo bo'ldi chunki Sobiq davlatga qarshi bir necha siyosiy ishlar olib borildi...! Bu bilan Sobiq Kommunistik davlatni yolg'izlatib qo'yish siyosati olib borildi va bunga erishildi ham hozirda ushbu mamlakatning yaqin hamkorlari kommunistik rejim davomchisi hisoblangan sharq davlati va bir necha davlat qoldi, shunga qaramay o'zini tiklab olishga erishdi. Tarixdagi Kommunistik tizim rahbarlarining kechirib boʻlmas xatolari evaziga hozirda turli siyosiy mojorlar balki harbiy mojorolarni ham kuzatmoqdamiz. Lekin glaballashuv davrida dunyo modernizatsiyani talab qilmoqda shu bilan birga darvozalardan changlar ham kirmoqda bunga parda tutish lozim.

@Plyuralizm