Get Mystery Box with random crypto!

Play Builder endi yangi Muharrir bilan keladi Joriy v0.1 vers | Play Builder | Blog

Play Builder endi yangi Muharrir bilan keladi

Joriy v0.1 versiyalarining navbatdagi chiqarilishida yangi Muharrir qo'shiladi.

Yangi Muharrirda menyularni sozlashda yangi tugmalarni siljitish, 200 tagacha tugmalar qo'shish, sahifalar yaratish va tugmalar uchun 3 tagacha xabarlar qo'shish rejimlari paydo bo'ladi.

Bu yangilanish ishlari cho'zilishi mumkin, lekin ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyati bo'ladi. Buning uchun Beta sinov ishtirokchilar qatoriga qo'shilish lozim. Tez orada Beta sinovi ishtirokchilari qatoriga qo'shilish imkoniyati paydo bo'ladi.

Beta sinovda barcha ishtirok etishi mumkin va ishtirokchilarga yangilanishlar oldindan keladi. Ular yangilanishlarni ko'zdan kechirishi, xatoliklarni va o'zgartirilishi kerak bo'lgan tizimlarni ishlab chiquvchilariga yetkazishi mumkin.

Beta sinovi kelishi bilan Rasmiy blogda xabar beriladi va barcha tafsilotlar shu yerda yetkaziladi.

@PlayBuilderBot