Get Mystery Box with random crypto!

📈 PKS - the best ✔

Telegram kanalining logotibi pks_uzbekistan — 📈 PKS - the best ✔ P
Telegram kanalining logotibi pks_uzbekistan — 📈 PKS - the best ✔
Kanal manzili: @pks_uzbekistan
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 95
Kanalning ta’rifi

Porloq Kelajak Sari Ijtimoiy-madaniy kanali
Reklama bo'limi: @founder_PKS
Hamkor: GIT

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-12-04 17:31:57
БИР ОЁҚДА ПАРАЛИМПИЯ ЧЕМПИОНИ БЎЛДИМ!

(↓СУҲБАТНИ батафсил ўқиш↓)
https://namanganliklar.uz/12270/

Бизнинг расмий саҳифалар
Telegram | GooglePlay | YouTube
60 views14:31
Ochish/sharhlash
2020-12-01 19:01:26
Bundan roppa-rosa ikki yil oldin, O’zbekistonda internet tezligi “10 barobar oshdi” deb e’lon qilingan edi

O’zbekistonda, rasmiylarning ikki yil oldingi gapiga qaraganda, 2018-yil 1-dekabrdan internet tezligi 10 barobarga oshgan. Ammo o’sha yili 2–3-dekabrda o’tkazilgan onlayn so’rovnoma bunday bo’lmaganini ko’rsatgan edi.

“2020-yilda internet tezligi 10 barobarga ko’tariladi”, degandi 2020-yil boshida AKT vazirining o’sha vaqtdagi birinchi o’rinbosari, hozirda hukumatning IT-departamenti rahbari Olimjon Umarov.

Speedtest'ning mobil internet tezligi reytingida O'zbekiston so'nggi o'ntalikda qolmoqda (139ta mamlakat orasida 132-o'rinda).

@Nam_bloggers
61 views16:01
Ochish/sharhlash
2020-11-30 20:07:35 “Jajji akademik”ning faoliyatini toʻxtatyapmiz.

2013-2014-yillar edi. Qish oylarida viloyatga borishga yurak betlamasdi. Chiroq ertalab va kechqurun yarim soatga berilardi. Bu ahvol bir necha yillardan buyon davom etardi. Kompyuter, internet u yoqda tursin oddiy televizor koʻrmay, kitob oʻqimay voyaga yetayotgan avlod shakllanib kelmoqda edi. Ahvol mening bolalagim oʻtgan 80 yillardagidan ham xarobroq edi. Biron oʻn yillarda Angola, Burundi, Kongo, Gaiti darajasiga qulamasligimizga biron sabab koʻra olmasdim. Sabablardan biri boʻlarmikan deb “Jajji akademik”ni ochgandik. Bir guruh hammaslak doʻstlar qanot boʻlishgan edi. Ilmiy, intellektual, maʼrifiy jurnal qildik. Bironta ham havoyi, koʻngilochar rukni yoʻq edi. Deyarli hamma maqtadi. Davrimizning ulugʻlari eʼtirof etishdi. Bolalarning ham mehrini qozondik. 69 ta son chiqazdik. Dovrugʻimiz yurt tashqarisiga ham tarqaldi. Ilm-maʼrifatga, kitobxonlikka targʻib qiladigan qator tadbirlar tashkillashtirdik. Jajji akademiklar akademiyasiga asos solib, ilk akademikchalarni sayladik.

Zulmatlarga nur kiritmoqchi boʻlgandik deb oliftalik qilsam, a? Yoki zamonaviy, kamida elektr va internetli dunyo bilan koʻprik oʻrnatmoqchi boʻldik deb koʻpirayinmi? )))

Xullas, eplay olmadik. Jurnal muttasil zararga chiqdi. Umumiy zarar oʻn xonali sonda ifodalanadigan boʻldi. Ammo bu asosiy sabab emas. Iqtisodni amallash mumkin, yaxshilar yeng shimarib turishgani shubhasiz. Masalan, oʻtgan yili bir yaxshi inson jurnalning jamiki qoldiqlarini sotib oldi. Bu yil bir doʻstimiz bir yillik nashr xarajatlarini oʻz zimmasiga olishga tayyor ekanligini bildirdi.

Biz tarqatish, targʻib qilish va, eng alamlisi, ehtiyoj uygʻotishni eplay olmadik. Shu yoʻl – ilm najot ekanligiga odamlarni ishontira olmadik. Bu haqiqatni bilganlarning koʻpchiligi esa bolalariga oʻris tilidagi jurnallarni olib berishadi. Bolalari oʻris maktablarga qatnaydi. Ertangi kunini Oʻzbekiston bilan bogʻlashmagan.

Vaziyatimizdan Xalq taʼlimi vazirligini ham, Yoshlar ishlari agentligini ham, boshqa ehtimoliy aloqador boʻlishi mumkinlarni ham xabardor qilgan edik. Ularning amaliy yordam berish uchun vakolat va imkoniyatlari yoʻqligini bilamiz.

Eng sillamizni quritgan tizim pochta boʻldi. Obuna boʻlgan, xarid qilgan odamlarga jurnallar yetib bormadi va hamon bormayapti. Oʻzimiz mustaqil yetkazib berish tizimini tashkil qila olmasdik. Sof tijoriy, milliardlab foyda koʻradigan tadbirkorlik yoʻnalishlari ham buni Oʻzbekiston sharoitida hozircha eplay olishmaydi.

Loyihaga hissa qoʻshgan barcha hamkasblarimiz, doʻstlarimiz, xayrixohlardan rozilik soʻrayman. Haqqingizni halol eting! Rozi boʻling! Yangi loyihalarda koʻrishguncha!

Sanjar Nazar
38 views17:07
Ochish/sharhlash
2020-11-27 00:25:24Контрактдаги талабалар учун 400 млн сўмлик таълим гранти эълон қилинди
 
Ўзбекистонда илк маротаба талабаларни моддий қўллаб-қувватлашга мўлжалланган www.metsenat.uz лойиҳаси ишга тушгани ҳақида хабар бергандик.

Бир гуруҳ жамоатчилик фаолларининг ташаббуси билан ташкил қилинган ушбу лойиҳадан кўзланган асосий мақсад юртимиздаги меценатларни жалб қилган ҳолда эҳтиёжманд ҳамда иқтидорли талабаларнинг тўлов-контрактини тўлашга ёрдам бериш, шунингдек стипендиялар эълон қилишдан иборат.

Лойиҳа ишга тушгач, шу куннинг ўзидаёқ илк меценатлар сайтда талабалар учун грантини жойлаштирди.

Ёшлар ишлари агентлиги, Ўзбекистон ёшлар иттифоқи ҳамда “Меҳрли қўллар” хайрия фонди томонидан тўлов шартнома маблағларини тўлашга муҳтож талабалар учун 400 млн сўмлик таълим гранти дастури эълон қилинди.

Бунда Ўзбекистонда фаолият юритаётган ОТМларда (чет эл олий таълим муассасаларининг Ўзбекистондаги филиаллари бундан мустасно) кундузги таълим (бакалавр босқичи)да тўлов-шартнома асосида таълим олаётган (супер контракт бундан мустасно) чин етим, ногирон, ота-онаси (ҳар иккаласи) ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум этилган, Меҳрибонлик уйида тарбияланган, боқувчисини йўқотган ва 30 ёшдан ошмаган талабалар қатнаша олади.

Ғолиб бўлган талабаларнинг стипендиясиз ҳисобланган тўлов-шартнома маблағининг 50%игача бўлган қисми тўлаб берилади.

Грантда иштирок этиш учун аризалар 10 декабргача metsenat.uz сайти орқали қабул қилинади.
 
Ҳурматли талабалар, бундай имконни қўлдан бой берманг, омадингизни синаб кўринг!

Шу ўринда юртимиздаги саховатпеша тадбиркорлар, йирик компаниялар, давлат ва нодавлат ташкилотларга ҳам мурожаат қилмоқчи эдим: имконингиз бўлса, илмга инвестиция киритинг, таълимни қўллаб-қувватланг, талабаларни рағбатлантиринг. Metsenat.uz лойиҳаси сизга бу борада беминнат кўмакчи бўлишга тайёр.


@xushnudbek
46 views21:25
Ochish/sharhlash
2020-11-24 15:29:48


BUGUNDAN AKSIYA E'LON QILAMAN.

Aksiya @online_shopping_PKS guruhida bo'lib o'tadi .

KIM ENG KO'P Faol KANTAKT QO'SHSA GURUHIMDAGI SOVG'ALAGA EGA BO'LADI.

3 ta o'rin bo'ladi.
Bundan yaxshi sovg'a bo'lmasa kerak.
Faqat faol odam qo'shish talab qilinadi.
Tekshirib, bittalab sanaladi.
O'yin halol o'ynaladi.

Nechta odam qo'shganinglar guruhda el'on qilib boriladi . G'irrom bo'lmaydi.
Start boshlayman.




AKSIYA 15- DEKABRGACHA DAVOM ETADI...

Nechta odam qo'shganinglarni adminga yozib qo'yinglar...


Admin: @PKSasoschisi
41 views12:29
Ochish/sharhlash