Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan | Pedkadr.tdi.uz

Bugun, 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlanadi.

Ro‘yxatga olish jarayonlari 14-aprelga qadar davom etadi.

To‘lovlar esa 15-aprelgacha amalga oshirilishi mumkin.

Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 28-aprel kuni o‘tkaziladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.