Get Mystery Box with random crypto!

Kogon tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yuz bergan avto | Pedkadr.tdi.uz

Kogon tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yuz bergan avtohalokat tafsilotlariga doir axborot

2024-yilning 18-mart kuni tumandagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab o‘quvchilari 2 ta avtobusda Buxoro shahridagi viloyat musiqali drama teatriga borayotgan chog‘ida avtobuslardan biri yo‘l transport hodisasiga uchragan hamda bir o‘quvchi voqea joyida vafot etgan.

Avtohalokat natijasida jarohatlangan o‘quvchilar Buxoro va Kogon shaharlari hamda Kogon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi mazkur baxtsiz voqea natijasida vafot etgan o‘quvchining oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, voqeaga javobgar tizim mas'ullariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar qo‘llaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin