Get Mystery Box with random crypto!

SABR NIMA Sabr --- azobga chidash, Sabr --- ishonchni oqlash | Psixologiya Motivatsiya

SABR NIMA

Sabr --- azobga chidash,
Sabr --- ishonchni oqlash.
Sabr --- yashirin nola,
Sabr --- uzilmas tola.
Sabr --- bukilmas suyanch,
Sabr --- yiqilmas tayanch.
Sabr --- dilda xush niyat,
Sabr --- sokin kayfiyat.
Sabr --- dillarga malxam,
Sabr --- tillarga maxkam.
Sabr --- dardlarga davo,
Sabr --- kóngilga navo.
Sabr --- chiroyli odat,
Sabr --- toat - ibodat.
Sabr --- iymonni nuri,
Sabr --- inson gururi.
Sabr --- ishqdagi vafo,
Sabr --- tuyğu bebaxo.
Sabr --- kechilgan gunox,
Sabr --- yomondan panox.
Sabr --- tashvishda iymon,
Sabr --- xulqi musulmon.

Yaqinlaringizga ulashing

https://t.me/+M8846kWSBwcwY2Zh