Get Mystery Box with random crypto!

​#MOTIVATSIYA 100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish: Doim o | Psixologik testlar | Maslahatlar

#MOTIVATSIYA

100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish:


Doim o'qishni hohlagan, lekin jazm qilolmagan biror bir qiyin kitobingizni tanlab, ipidan ignasigacha o'qib chiqing.

Har kuni yangi nimadir o'rganing: gullar nomi, uzoq mamlakatlar poytaxtlari va hokazo. Kechqurun esa kun bo'yi olgan bilimlaringizni mustahkamlashingiz, lug'at olib, yangi so'zlar yodlashingiz mumkin.

"Tonggi sahifalar" - tongda keladigan fikrlar oqimini maxsus daftarga yozib boring. Bu uyg'onganingizdan keyin qiladigan birinchi ishingiz bo'lsin.

Butun dunyo ruhshunoslari bir ovozdan tasdiqlaydigan tavsiyaga amal qiling - har kuni bir varoq qog'ozga hayotingizda sizni mamnun qiladigan 5-10 ta narsani qayd etib qo'ying - Shukronalik izxorlarini yozing.

Shikoyat qilishni bas qiling. Salbiy fikrlar salbiy natijalarga olib keladi.

Asosiysi, bu mashg'ulotlarni shunday ishtiyoq bilan bajaringki, 100 kun ichida ular odatga aylanib qolsin!

Yaqinlarga ulashishni unutmang
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEuZhFe7NVQQ9uu8kQ