Get Mystery Box with random crypto!

JAVOBLAR Inson yuzinig och qismi: Siz qat'iy va mustahkam i | Psixologik testlar | Maslahatlar

JAVOBLAR

Inson yuzinig och qismi:
Siz qat'iy va mustahkam insonsiz. Siz qoidalarga tayanib yashaysiz. Insonlarni hohlamay kechirasiz. Siz o'z xayollaringizga, o'z xulosalaringizga ishonasiz. Siz uchun faktlar muhim. Siz yolg'onni qabul qilmaysiz. Siz yopiq insonsiz, isbot qilish va tushuntirishni yoqtirmaysiz. Siz insonlarga talabchansiz va o'zingizga tanqidsiz qaraysiz. Siz o'z so'z, harakat va ishlaringizni oqlaysiz. Biror ish qilishdan avval bu sizga kerakmi yo'qligini va bundan qanday oqibat bo'lishini o'ylab olasiz.

Inson yuzining to'q qismi:
Siz e'tiborli, ko'nikuvchan insonsiz. Insonlarni kuzatishni yaxshi ko'rasiz. Siz deyarli har doim o'z maqsadlaringiz tomoniga olg'a bosasiz. Sizning qoidalaringiz yo'q. Siz o'z xatolaringizni eslab qolasiz va yo'qotishlarsiz qiyin vaziyatdan chiqib ketasiz. Siz hissiyotlarni va yorqin tuyg'ularni yoqtirasiz. Sizning tabiatingiz ehtirosli. Sizga bu dunyo beradigan hamma narsani qabul qilib yashash yoqadi. Siz go'zallikni tushunasiz va qadrlaysiz. Siz o'zingiz ko'zlagan narsadan ko'prog'ini olish uchun kimnidir yoki nimanidir qurbon qilishga tayyorsiz. Siz qiziqarlisiz. Siz o'ziga tortuvchisiz.

Oq-qora inson yuzi:
Siz muvozanatdagi insonsiz, odamlarni hukm qilmaysiz. Siz hamma narsaning o'z vaqti soati borligini tushunasiz. Siz har bir insondan va har bir ishdan turli vaqtda turli natija kutish mumkinligini bilasiz. Siz kirishimlisiz va ijtimoiy faolsiz. Siz insonlarga agar bu sizga qiyin bo'lmasa o'zingiz hohlab yordam berasiz. Siz yaxshi ishlab, did bilan dam olasiz. Sizda depressiya yoki kayfiyatsizlik bo'lmaydi. Siz o'z hissiyotlaringizni boshqara olasiz. Siz sog'lom, xotirjam insonsiz. Siz o'zingiz va atrofingizdagi odamlar bilan murosada yashaysiz.

​​