Get Mystery Box with random crypto!

Maxroviy Torti Klassicheskiy biskvit: (24 sm diametr ) | 🎂 PISHIRIQLAR OLAMI 🍰

Maxroviy Torti

Klassicheskiy biskvit: (24 sm diametr )
Kerakli masalliqlar:

6 ta tuxum 
chimdim tuz
200 gr shakar (250 gramlik stakanda to'la) 
200 gr un (250 gramlik stakanda 1 barmoq yetmidigan) 
1 ch/q razrixlitel

Tayyorlanishi:

Birinchi bo'lib duxovkani 180 gradusga yoqib qoʻyamiz. Qizib turgan bo'lishi kerak.
Tuxum va chimdim tuzni solib oppoq bo'lgucha ko'pirtirib shakarni oz ozdan solib 8 minut mikserda ko'pirtiramiz ( jami 10 minut ko'piradi) oppoq massa bo'lguncha. Un va razrixlitelni elab olamiz va tayyor massaga 3 etapda bo'lib solib aralashtiramiz unni elash shart! 
Yaxshilab aralashtirish kerak qumoq qumoq bo'lishi kerakmas. Tagiga folga solingan 24 sm diametrdagi qolibga solib 180 gradus qizigan duxovkada 40 minut pishiramiz pishganini zubochistka bilan tekshirib olamiz. 20 minut sovutib folga va qolibdan chiqarib olamiz. 
Sovugan biskvitni 2 yoki 3 bo'lakka bo'lib olamiz. Navbat shoko biskvitga!

Shokoladniy biskvit: (24sm diametr)

6 ta tuxum 
180 gr shakar
Chimdim tuz
60 gr kakao 
1 ch/k razrixlitel 

Tayyorlanishi:

 Tuxum chimdim tuz va shakarni solib 10 minut oppoq bo'lguncha ko'pirtiramiz. Un kraxmal kakao va razrixlitelni solib aralashtirib olamiz va oppoq bo'lgan massamizga 3 ga bo'lib elab solamiz va qolibga solib 180 gradusda 40 min pishiramiz! Sovugach 2 yoki 3 bo'lakka bo'lamiz.
Krem:
250 gr xona xaroratida yumshagan sariyogʻ 
400 - 500 gr sgushonnoye moloko 
Vanilin 
Xammasini solib mikserlab olamiz. 
Tortni yig'amiz!

Yaqinlaringizga Ulashing

PISHIRIQLAR OLAMI
https://t.me/+s0FwCMsdtuNmZGIy