Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzgacha medovik Kerakli masaliqlar: Xamirga: 200 gr s | 🎂 PISHIRIQLAR OLAMI 🍰

Oʻzgacha medovik

Kerakli masaliqlar:
Xamirga:

200 gr shakar
100 gr saryog’
100 gr asal (2 osh qoshiq to’la)
1 choy qoshiq soda
2 ta tuxum
450-480 gr un

Krem uchun:

800 gr smetana 20% (suvsiz xisoblaganda 600 gr smetana)
60 gr saryog’
160 gr shakar upasi (saxarniy pudra)

Tayyorlanishi:

Idishga shakar var saryog’ni solib, yaxshilab eritib olamiz, keyin esa asalni qo’shamiz uni ham yaxshilab aralashtiramiz va sodani qoshib teglari bilan 3-4 minut davomida aylantirib, rangi o’zgargandan keyin olovni o’chirib sovutib  olamiz.
Tayyor sovuq massaga 1 tadan tuxum solib bir xil holga kelguncha aralashtirib, keyin bir necha qisimlarga bo’lib un qo’shamiz.
Xamirin 8 ta teng qismga bo’lib, bittadan yoyib, oldindan 200 gradusda qizdirilgan duxovkada 3-4 minut davomida pishiramiz.
Korjlarni pishirib olgandan keyin, krem tayyorlaymiz.
Suvsiz smetanaga shakar upasini qoshib aralashtiramiz, keyin esa saryog’ni qo’shib quyilguncha mikser qilamiz.
Keyin eas 3-4 osh qoshiqdan har bitta korjni ustiga solib, tortni yig’ib olgach, ustiga xamir chetlaridan qolgan qismini maydalab sepib chiqamiz!
Taxminan 4 soatga tayyor medovikni qo’yib qo’yamiz qotishi uchun

Yaqinlaringizga Ulashing

PISHIRIQLAR OLAMI
https://t.me/+s0FwCMsdtuNmZGIy