Get Mystery Box with random crypto!

Mazali Paxlava qulay usulda Retsept: Xamir uchun: 400- | 🎂 PISHIRIQLAR OLAMI 🍰

Mazali Paxlava qulay usulda

Retsept:
Xamir uchun:

400-450 gr un
3 ta tuxum sarig’i
200 gr saryog’ yoki margarin
200 gr smetana
Yarim choy qoshiq soda + bir tomchi uksus

Nachinka uchun:

2-3 stakan yong’oq
4 ta tuxum oqi
1,5 stakan shakar
Sirop uchun:
50 gr saryog’
3 osh qoshiq asal

Ustiga:

1ta tuxum sarig’i
180-200 gradusda oldindan qizdirilgan duxovkada taxminan 35-45 minut davomida tayyorlanadi (duxovkaga bog’liq)
Unga saryog’ni qo’shib uvalab olamiz, keyin esa smetana+3ta tuxum sarig’i+soda+uksus( uksusni sodani ustiga solish kerak) solib xamir tayyorlab olamiz. Xamirni 30 minutga xolodilnikka qo’yamiz.
4 ta tuxum oqini ko’pirtirib olib, sekin asta shakar qo’shamiz (beze bo’lib qolmasin) keyin esa oldindan maydalangan va tozalangan yong’oqni solib, nachinka tayyorlab olamiz.
Xamirni 2ta katta 1ta kichkina qismga bo’lib, yoyishni boshlaymiz.
Nachinkani 2 qismga bo’lamiz. 1- qismini tayyor yoyib olingan xamirni ustiga solamiz va ustini xamir bilan yopamiz (xamirni kichkinasi bilan) keyin nachinkani 2-qismini solib yana xamir bilan ustini yopib, chetlarini bortik qilib, ustiga tuxum sarig’ini suramiz va pichoq yordamida iz tushirib olamiz.
Paxlava pishishiga 5 daqiqa qolganda duxovkadan chiqarib, ustiga sirop quyamiz (50 gr saryog’ + 1 osh qoshiq asalni eritib olamiz o’rtacha olovda)

Yaqinlaringizga Ulashing

PISHIRIQLAR OLAMI
https://t.me/+s0FwCMsdtuNmZGIy