Get Mystery Box with random crypto!

Unsiz yumshoqqina tvorogli pirog  Tarkibi: Tvorog - 180 g | 🎂 PISHIRIQLAR OLAMI 🍰

Unsiz yumshoqqina tvorogli pirog

 Tarkibi:

Tvorog - 180 gr
Tuxum - 3 dona
Makkajo'xori kraxmal - 15 gr
Shakar - 2 osh qoshiq yoki ta'mga ko'ra
Tabiiy yogurt - 80 gr
Bodom parchalari (ixtiyoriy)
Ustiga quyish uchun quyultirilgan sut, smetana yoki murabbo xoxishga qarab

Tayyorlanishi:

Tuxum oqlarni sarig'idan ajrating.
Sariqlarga tvorog, yogurt, shakar, kraxmal qo'shing.
Oqlarni kôpirgunga qadar mikser bilan aralashtiring, massaga qo'shing, silikon shpatel bilan muloyimlik bilan aralashtiring, xamirni pishirish idishiga soling (mening diametri 14 sm), bodom bôlaklarini seping va oldindan qizdirilgan pechda 160 ° ga qadar pishirishga yuboring. 30-35 daqiqa davomida
Yoqimli ishtaha

Yaqinlaringizga Ulashing

PISHIRIQLAR OLAMI
https://t.me/+s0FwCMsdtuNmZGIy