Get Mystery Box with random crypto!

Shokoladli bulochka Kerakli masalliqlar: Xamirig | 🎂 PISHIRIQLAR OLAMI 🍰

Shokoladli bulochka

Kerakli masalliqlar:

Xamiriga:
100 g erigan sariyog'
200 ml iliq sut
1 chimdim tuz
1 osh qoshiq droja
1 ta tuxum
200 g shakar
Keraklicha un

Nachinkasiga:
Shokolad
Yong'oq

Tayyorlanishi:
Idishga sariyog', sut, tuz, droja, tuxum, shakarni solib aralashtiramiz. Oz-ozdan un solib xamir qoramiz. Xamirni 1-2 soat issiq joyda oshirib olamiz.
Xamirni to'rtburchak qilib yoyib, nutella ( chococream, eritilgan shokolad)surib ustidan yong'oq sepamiz va rulet qilib o'rab chiqamiz. Videodagidek qilib kesib shakl berib tepasiga tuxum sarig'ini suramiz.
180° qizigan duxovkada 25 daqiqa pishirib olamiz.
Xuddi shu xamirdan sinnabon ham qilish mumkin.

Yoqimli ishtaha

Yaqinlaringizga Ulashing

PISHIRIQLAR OLAMI
https://t.me/+HrS-jdvWUeg0M2Ji