Get Mystery Box with random crypto!

Profitrolli Kerakli masalliqlar: 125gr suv 125gr sut 1 | Pishiriqlar salatlar

Profitrolli

Kerakli masalliqlar:

125gr suv
125gr sut
100gr saryogʻ
1ch.q shakar
0.5ch.q tuz
150gr un
3-4ta tuxum (katta kichikligiga qarab)
Vanillin

Krem:

300gr qaymoq
150gr sgushonka

Tayyorlanishi

Qozonga sut,suv,shakar,tuz,vanilin va saryogimizni solib aralashtiramiz. Saryogimiz erib massamiz qaynash darajasiga yetgandan song unimizni solib yaxshilab past olovda aralashtiramiz. Tayyor xamirimizni ozgina sovutib tuxum solib mikser qilamiz. Nasadka yordamida listga chiqazib 180grda 25-30daqiqa pishiramiz. Pishgandan song ichini krem bilan toldirib ustiga saxarniy pudra sepamiz
Yoqimli ishtaxa azizlar