Get Mystery Box with random crypto!

​​Toshkent parklaridan birida oqqushni tutib sòyib yeyishgan o | Vizitka

​​Toshkent parklaridan birida oqqushni tutib sòyib yeyishgan ota-bola haqida eshitgan bòlsangizlar kerak. Òtkir Hoshimovni «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobida bir kuni Òtkir Hoshimov bilan bitta odam hayvonot boğiga tushganini aytadi. Shunda tovusni qanotlarini yoyganini kòrishgan ekan. Tovus qanot yoysa qanday chiroyli bòlishini hamma bilsa kerak. Òtkir Hoshimov hayrat bilan qarab tursa yonidagi sherigi Òtkir aka shu tovusni gòshtini mazasi qanday bòlarkina deb sòragan ekan. Gapirgim kelmay qoldi degandi Òtkir Hoshimov òsha odamga.

Qisqasi aytadiganim bolalaringizni adabiyotga she'riyatga san'atga qiziqtiring. Toki shunda oqqushni sòyib yeydiganlar kamayadi. Yani bolangiz oqqushni sòyib yeyishni emas uni chiroyiga mahliyo bòladi.

@valfajr_01