Get Mystery Box with random crypto!

#Imtihon_2021 Endi ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza top | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Imtihon_2021

Endi ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirgan nomzodlar o'z bilimlarini sinab ko'rish imkoniyatiga ega!

Agentlik tizimidagi:

Abu Ali ibn Sino nomidagi Yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi;
Mirzo Ulug'bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonlari uchun namunaviy testlar edu.piima.uz platformasida e'lon qilindi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirib, arizasi tasdiqlanganiga 24 soat bo'lgan nomzodlar edu.piima.uz platformasiga kirib, bilimlarini sinab ko'rishlari mumkin.

edu.piima.uz platformasida o'z bilimini sinab ko'rmoqchi bo'lgan talabgorlar uchun:

Login - har bir nomzodning ID raqami
Parol - Demo#123

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube