Get Mystery Box with random crypto!

#Tabrik Yakunlanib borayotgan 2023-yil mamlakatimiz uchun bar | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tabrik

Yakunlanib borayotgan 2023-yil mamlakatimiz uchun barcha jabhalarda barakali yil boʻldi, deyishimizga barcha asoslarimiz bor.


“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da ham Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

Shu yil qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham ta’lim sifati va o‘qituvchi maqomini oshirish masalasi Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas islohotlarning muhim bo‘g‘iniga aylanganidan dalolat beradi.

Prezidentimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori sababli Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarning bir qismigina aks ettirilgan videolavhani eʼtiboringizga havola etmoqchiman.

Erishilgan yutuq va natijalar bilan faxrlanish yaxshi, albatta. Lekin jonajon xalqimiz oldidagi hisobdorlik masʼuliyatni bir soniya ham esdan chiqarishga haqqimiz yoʻq. Bu yil ham oldimizga ulkan marralarni qoʻyganmiz, farzandlarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ishonamanki, 2024-yil yakunlari boʻyicha ham siz azizlarning oldingizda yuzimiz yorugʻ boʻladi.


Aziz hamyurtlar, muhtaram ustoz va murabbiylar, ilmga chanqoq oʻgʻil-qizlarimiz barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2024-yilingiz bilan tabriklayman! Barcha ezgu tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin!

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oʻqishlaringizda yuksak zafar va muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori