Get Mystery Box with random crypto!

#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPU | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.

Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube