Get Mystery Box with random crypto!

'ROBO-CODING' OLIMPIADASI! Prezident, ijod, ixtisoslashtiri | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

"ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi oʻtkaziladi.

Mazkur olimpiada 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:

Hududiy bosqich: 4 turda boʻlib, har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib ishtirok etishlari mumkin.

Agentlik bosqichi: 3 turda tashkil qilinadi. Bunda har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadi.

Hududiy bosqich 2023-yilning 9-dekabr kuni barcha hududlarda boʻlib oʻtadi.

Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi.

Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube