Get Mystery Box with random crypto!

#Taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Taqdirlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi Muborak Sharipova "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.

Davlatimiz rahbari nomidan ushbu yuksak mukofotni oʻqituvchimizga Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov topshirdi.

Oʻqituvchimizning kelajak avlodini tarbiyalashdek sharafli va olijanob ishlarida kuch-quvvat va yangi zafarlar tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube