Get Mystery Box with random crypto!

#prezident_maktabi #motivation_time Xabaringiz bor, Andij | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktabi
#motivation_time

Xabaringiz bor, Andijon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Dilyorbek Valijonov Vengriyaning Seged shahrida oʻtkazilgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Dilyorbek maktabidagi oʻquvchi yoshlar bilan uchrashdi. Davra suhbatida u oʻquvchilarga Xalqaro olimpiada gʻolibi boʻlish, ilm olish va shaxsiy rivojlanish borasida oʻz tajribalari haqida soʻzlab berdi.

Shuningdek, maktabda informatika faniga qiziquvchi oʻquvchilarni Xalqaro olimpiadaga tayyorlash boʻyicha mahorat darslarini yoʻlga qoʻyish taklifini berdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube