Get Mystery Box with random crypto!

Farzandim Prezident maktabiga shuncha tayyorlanib kira olmasa, | Prezident maktablariga va Olimpiadalarga tayyorgarlik.

Farzandim Prezident maktabiga shuncha tayyorlanib kira olmasa, bekorga shuncha tayyorlangan bo'ladimi?

Javob: Siz uni tayyorlanishni boshlashidan oldingi bilim darajasi, fikrlashi, fanga qiziqishi bilan hozirgi holatini taqqoslang. Qanchalik o'sganini ko'rasiz.

Tanqidiy fikrlash katta hayotda juda muhim, uni Prezident maktabida o'rgatmaydi, uni tayyorlanishda o'rganadi.

Prezident maktabiga kiraman deb tayyorlanish istagida juda ko'p bilim olishdi bolalar.

Farzandlarizga bu shunchaki bir kichik imtihon ekanligini tushuntiring. Prezident maktabiga kira olmasa ham katta yutuqlarga erishganlarni misol qilib ko'rsating.

Prezident maktabiga kirgan zo'r bo'ladi, kirmagan zo'r bo'lmaydi degan narsa yo'q. Prezidentlarimiz ham, vazirlarimiz ham oddiy maktabda o'qigan.

Rustam Bosimov

Telegram kanalimizga a'zo bo‘ling va biz bilan Prezident maktablari,Ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Xalqaro olimpiadalarga birga tayyorlaning.

@piimaolympiad_edu

https://t.me/piimaolympiad_edu