Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Gulis | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Sirdaryo viloyati

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi ma'zmun mohiyati, unda belgilab berilgan yo'nalishlar, ta'kidlab o'tilgan o'zgarishlar hamda jamiyatimizda isloh etilayotgan siyosiy jarayonlarning maqsadi haqida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda maktab-internatining barcha hodimlari, tarbiyachi pedagoglar ishtirok etib murojaatnoma bilan tanishib chiqdi.

T'alim sohasiga oid yangiliklar hamda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" dasturi zamirida juda katta ma'suliyat bor ekanligi hususida maktab-internatining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari tushintirishlar berib o'tdi.

Seminar davomida maktab-internatining tarix fani o'qituvchilari J.Bo'ronov va M.Ramazonovlar tomonidan tayyorlangan slaydlar hamda ma'ruzalar orqali tushunchalar berildi.

Facebook:https://www.facebook.com/PTMAGulistontuman