Get Mystery Box with random crypto!

12 sentyabrdan Moskva birjasida o‘zbek so‘mida savdolar boshla | Piar.uz | Yangiliklar

12 sentyabrdan Moskva birjasida o‘zbek so‘mida savdolar boshlanadi

12 sentyabrdan Moskva
birjasida o‘zbek so‘mi – Rossiya rubli (UZS/RUB) valyuta juftligi bo‘yicha savdolar boshlanadi. Bu haqda birja saytida xabar berildi.

“O‘zbek so‘mi – Rossiya rubli valyuta juftligi 12 sentyabrdan boshlab “bugun” va “ertaga” hisob-kitoblari bilan spot bozorda sotiladi. Shuningdek, bir kecha-kunduzda svop operatsiyalari savdo ishtirokchilari va ularning mijozlari uchun mavjud bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Yangi valyuta juftligi bozorning professional ishtirokchilari, shuningdek, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi. Bundan tashqari, ushbu savdo turi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida milliy valyutalarda hisob-kitoblarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘batga aylanadi.

Bizga qo'shiling
https://t.me/Piar_uz