Get Mystery Box with random crypto!

Magistraturaga qabul yangiliklari Oliy taʼlim, fan va innovat | 𓅂 𝐏𝐡𝐨𝐭𝐨𝐬𝐡𝐨𝐩&𝐏𝐫𝐨𝐃𝐞𝐬𝐢𝐠𝐧 𓅂

Magistraturaga qabul yangiliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 20-dekabrdan 10-yanvarga qadar magistraturada qishki qabul davom etishi belgilangan. Bunda istisno tarzda til bilish sertifikat darajasi soʻralmaydigan boʻldi. Yaʼni qanday darajadagi sertifikat boʻlishidan qatʼiy nazar, magistraturaga qabul qilinishi mumkin, ammo kelgusida toki bitirgungacha talab etiladigan darajani olishi kerak, yoʻqsa magistrlik diplomi berilmaydi.

Aslida qonunchilikda talab etiladigan daraja :
- Filologik yoʻnalishlarga – C1;
- Boshqa barcha yoʻnalishga – B2
Vazirlik izohi:
1. Eng avvalo qonunchilikda belgilangan til sertifikati darajasi asosida diplomdagi oʻzlashtirish baliga qarab saralash boʻladi.
2. Undan soʻng, kvotada boʻsh joylar mavjud boʻlsa, belgilangan darajadan past boʻlgan sertifikatga ega abituriyentlar oʻrtasida yana diplom baliga qarab saralanadi va qabul qilinadi.
Qonunchilikda talab etilgan sertifikat darajasiga ega boʻlganlar birinchi navbatda tavsiya etiladi. Kvotada boʻsh joy ortib qolsa, shundan keyin istisno tarzida talabdan pastroq boʻlgan darajadagi sertifikat egalariga imkon beriladi.

Vazirlik masʼullarining taʼkidlashicha, ushbu tartib qonunchilikda belgilangan darajadagi yuqori koʻrsatkichli til sertifikatiga ega abituriyentlarga nisbatan adolatli boʻladi.

MANBA: Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg