Get Mystery Box with random crypto!

​​ Rebrending uzoq vaqtdan beri bozorda boʻlgan deyarli har qa | Phoenix Media

​​ Rebrending uzoq vaqtdan beri bozorda boʻlgan deyarli har qanday kompaniya uchun zarur.

O'zgarishsiz rivojlanish bo'lmaydi. Korporativ identifikatsiyani har 7-10 yilda o'zgartirish kerak, degan fikr mavjud. Tashkilotlar zamon bilan hamnafas bo'lishi va kontseptsiyalarni bozordagi tashqi o'zgarishlarga moslashtirishi kerak.

Rebrendingning eng ommalashgan sabablari:

1. Kuchli raqobatchilar paydo bo'lishi.
2. Mahsulot ahamiyatini yo'qotishi.
3. Kompaniyaning tuzilmasi o'zgarishi.
4. Iste'molchilarning qiziqishi va xabardorligining pasayishi.
5. Dastlab noto'g'ri brend joylashuvi aniqlanishi.
6. Yomon obro'.

O‘zbekistonda odatda korxonaning yagona uslubi va logotipiga yetarlicha e’tibor berishmaydi. Va bu raqobatchilardan orqada qolishning asosiy sabablaridan biri bo'ladi.

Chunki strategiyangizning har bir tafsiloti va brendingizning vizual qabul qilinishi mijozlaringizga kompaniyangiz darajasi haqida xabar beradi.

Kompaniyangiz va raqibingizning ushbu jihatlarini solishtirib, o'ylab ko'ring. Shunda siz rebrendingga muhtoj ekanligingizni tushunasiz.