Get Mystery Box with random crypto!

1 sentyabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz mustaqillikka erish | SOGDIANA JIZZAKH

1 sentyabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz mustaqillikka erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo‘lib, xalqimiz tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida doimo xursandchilik bilan nishonlanib keladi.

Ulug‘ ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda.

Shu munosobat bilan “So‘g‘diyona” PFK barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Barchaning xonadoniga tinchlik-totuvlik, yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt tilaydi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!!! 


Hurmat bilan
“So‘g‘diyona” PFK