Get Mystery Box with random crypto!

Bir ona 25-27 yoshli o'g'li bilan katta shahardan qaytayotgan | Islomjon Pulatov | Blog

Bir ona 25-27 yoshli o'g'li bilan katta shahardan qaytayotgan poyezdda ketayotgan edi. Yigit poyezd derazasidan daraxtlar, qushlar, tog'larni ko'rib, baqirib, qarsak chalib, tinmay onasidan savol so'rardi.
-Ona, bu quyoshmi?
-Onajon, bu nima? Daraxtmi? Daraxt shunaqa bo'ladimi?
-Bu osmonmi? U qanaqa rang?

Buni ko'rgan poyezddagi boshqa yo'lovchilar uni malomat qilishdi. Kimdir telba deb o'yladi. Kimdir bir umr uydan chiqmagan shekilli deb o'yladi. Kimdir tarbiyasiz deb o'yladi. Hamma g'alati qaradi. Oxiri bir yo'lovchi yigitning onasiga aytdi:
-Farzandingiz shu yoshga kirguncha osmon, quyosh, daraxt haqida o'rgatmadingizmi? Qanaqa onasiz o'zi? Nima bularni endi ko'rib turibdimi?

Ona javob berdi:
-Ha endi ko'rib turibdi. O'g'lim tug'ilgandan beri ko'r edi. Shaharda operatsiya qildirib qaytyapmiz. Bolajonim bu dunyoni endi ko'ryapti...

Xulosa:
Dunyodagi eng oson ish boshqalar haqida bilmay turib xulosa chiqarish. U yurgan yo'ldan yurmay turib, u chekkan azobni bilmay turib, hamma malomat qilishga usta. Hech kim ataylab, bilib turib xato qilmaydi. Hech narsa ko'ringani kabi emas. Asl haqiqatni bilmay turib odamlar va hodisalar haqida xulosa qilmang