Get Mystery Box with random crypto!

Perfect_Channel🥇

Telegram kanalining logotibi perfect_team — Perfect_Channel🥇 P
Telegram kanalining logotibi perfect_team — Perfect_Channel🥇
Kanal manzili: @perfect_team
Toifalar: Telegram , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 204
Kanalning ta’rifi

Perfect jamoasining rasmiy kanali
📥 Murojaat uchun: @perfect_channel_bot
📮 Kanal bazasi: @Perfecct_baza
📦 Arxiv: @perfect_muzey
Admin @think_the_next_world

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-27 19:01:26​​Elon Muskning muvaffaqiyat tamoyillari:

1 – Saboq:

Tanqidni quchoq ochib kutib oling.

Tanqid – mashqqa o‘xshaydi. Avvaliga u sizni madoringizni olganday tuyilsa ham, asta-sekin o‘zining mustahkam, bekam-ko‘st va sog‘lom gavdasini namoyon qiladi. Maqtovni maqtov chaqiradi, ammo tanqid muvaffaqiyatga xizmat qiladi.

Elon Mask aytadi:

«Tesla Model S elektromobili haqida kim bilandir suhbatlashsam, men uchun maqtov emas, avtomobilning suhbatdoshimga ko‘rinib turgan kamchiliklarini eshitish muhimroq.»

«Odamlarning tanqidi – aslida uning fikri. Do‘stlarimdan ham ketma-ket biror mahsulotning ularga yoqmagan jihatlarini so‘rasam, keyingi gal ular men so‘z boshlamasimdanoq xizmat yoki mahsulot yuzasidan fikrlarini bayon qiladilar.»

«Sen xatolaringga yaqinroq yurishga odatlan. Shunda muvaffaqiyat sening maqsadingga aylanadi.»

Amalga oshirish:

Sizni bexijolat tanqid qila oladigan 5 kishining ismini yozing. Ular sizning hamkorlaringiz, do‘stlaringiz, hamkasblaringiz, ota-onangiz bo‘lishi mumkin.
Ularga qo‘ng‘iroq qiling, xat yuboring va ularning ko‘magiga muhtoj ekanligingizni bayon qiling. Taklifni bir oz bo‘rttirsangiz ham bo‘ladi. Ya’ni, ular siz chindan ham ularning yordamiga muhtoj ekaningizni his qilishsin.
«Mening xatti-harakatlarim, loyihalarim, shaxsiy qaror va munosabatim yuzasidan fikringizga muhtojman. Agar meni xafa bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, xotirjam bo‘ling. Men tanqidlarni ham do‘stona qabul qilaman. Agar o‘ylashingiz uchun fursat kerak bo‘lsa, hozir sizni shoshirmayman.»

Sizni yaxshi biladigan insonlarda siz haqingizdagi xulosalar doim bo‘ladi. Ularni shu taxlit bilib oling
.

@perfect_team
97 views16:01
Ochish/sharhlash
2021-01-27 16:40:02#KITOB

“Agar siz farzandingizga dang‘illama uy qurib bersangiz - vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin. Agar eng zo‘r mashina olib bersangiz - uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz
- uyam bir kun sarf bo‘lib tugashi mumkin. Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yo‘qolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham bo‘lsa, farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va ma’rifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, kitob degan xazinadan”.

#Shavkat_Mirziyoyev

@perfect_team
75 views13:40
Ochish/sharhlash
2021-01-27 04:00:13Perfeksionistlar doim ideal (vaqt ,sharoit,joy) narsani kutishadi. Unutmaslik kerak, har
doim nimadir sodir bo‘lishi mumkin. Muammolarning birini hal qilsangiz ikkinchisi keladi. Bu hayotda insonlar ham, borliqdagi hamma narsa ham ideal emas. Hammasi doim takomillashib,
o‘sib boradigan jarayonlar – Ideallik yo‘q. Ichingizdagi ideallik (perfeksionizm) ni yoki
perfeksionizm (ideallikni qidirish yoki yaratish)ni yo‘qotmaguningizcha – umringizni oxirigacha
dangasa bo‘lib qolaverasiz. Yangi yilni kutishdan, dushanbani kutishdan voz kechish kerak. Eng qulay vaqt bu - xozir!

Bitta narsani tushunish kerak, miyamizdagi perfeksionizm hamma narsani ideallashtiradi. Bu noto‘g‘ri. Shunchaki tan olish kerak – men insonman, xato qilishim mumkin
...

Hayrlı tong...

@perfect_team
114 views01:00
Ochish/sharhlash
2021-01-26 18:50:07​​Özing boshingdan ötkazmaguncha...)))

Bu dunyoda eng qiyin bölgan narsa bu örgatish, "Eng osonichi?" deysizmi? Bu savolga ham men "Örgatish" deb javob berardim. Qaysi vaziyatlarda? Nega?
Bu asosan insonning öziga boğliq bölgan holatdir.
Agar kimgadir, nimanidir örgatmoqchi bölsangiz, oldin ösha odamning örniga özingizni qöyishga harakat qiling... Siz uning ayni paytdagi axvolini bilmasdan, xulosa qilmang. Har kimning öz haqiqati bor) Ularni ösha haqiqatlari bilan qabul qila oling.

Eng qiyini örgatish dedim... Xösh nega?
Chunki biz özimizda bor narsani birovga örgatish vaqtida duch kelgan noqulayliklar va qiyinchiliklarni inobatga olgan holda, ösha inson hech narsani örganmasligi mumkin bölgan qiyin vaziyatga tushib qolishimiz xavfi bor.

Demak har ikki vaziyatda ham: örgatuvchi va örganuvchi duch keladigan vaziyatlar uchun murosa tanlash eng yaxshi yechim. Murosa qiling... Kimningdir dilini oğritib qöyishdan tiyiling.

Nima bölganda ham özingizni asrang Baxtlarim



@perfect_team
77 views15:50
Ochish/sharhlash
2021-01-26 08:30:35
Bir hakimdan: «Insondagi eng mudhish narsa nima?» deb so‘rashdi. Shunda u quyidagicha javob berdi:
«Insonlar bolaliklaridan malollanishadi-da, so‘ng katta bo‘lishga oshiqishadi.
Keyin ikkinchi marta bolalikka qaytishni orzu qilib, mol-dunyo to‘plash uchun sog‘liklarini zoye qilishadi.
So‘ngra sog‘liklarini qayta tiklash uchun mol-dunyo sarf qilishadi.
Kelajakni o‘ylab xavotirga tushishadi-yu, hozirlarini unutishadi.
Shunday qilib ular na hozirni, va na kelajak hayotni yashaydilar
»...


@perfect_team
81 viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2021-01-26 04:00:06 ​Bir koʻngilda doʻst muhabbati chaqmoq kabi chaqguncha, bilgil-ki doʻsting qalbida ham muhabbat bordir.

(Bir kishi Hazrati Ali karramallohu vajhahuga:
– Sizni judayam yaxshi koʻraman, – dedi.
Hazrati Ali:
– Yolgʻon soʻzlayapsan! Chunki men seni sevmayman. Sening ham meni sevmaganingga qalbim guvohlik bermoqda! – deb javob berdilar.)

Sening qalbingda Allohning muhabbati ikki karra boʻlsa,
Demak shubhasiz Allohning ham senga muhabbati bordir.

Assalomu aleykom Qadrı balandlarım...


@perfect_team
75 views01:00
Ochish/sharhlash
2021-01-25 20:43:41
"Ne kadar okursan oku, bilgine yakışır şekilde davranmıyorsan cahilsin demektir."


"Qancha o'qisang òqi, o'z bilimingga mos harakat qilmasang, johilsan demak..."


@perfect_team
74 views17:43
Ochish/sharhlash
2021-01-25 17:35:53 Qoʻlga kiritilgan narsaning lazzati, qadri oʻsha narsaga yetishmoq uchun tortilgan yoʻl zahmati bilan oʻlchanadi. Choʻlning changni yutmagan til, quyoshda qurib qaqshamagan lablar Zamzamning lazzatini bilmaydi. Umr boʻyi Ka'ba xayolini qurmagan, Ka'ba qadrini his etolmaydi.
U holda avval yongin-ki suv seni qondirsin.
Sogʻingin-ki, topganingda haqiqatdan uni topgan boʻlgin.

Mavlono Rumiy

Hayrlı oqshom yaxshılarım...
82 views14:35
Ochish/sharhlash
2021-01-25 15:16:51 #тақриз128 Nurboyeva Maftuna https://telegra.ph/Nurboyeva-Maftuna-01-21
78 views12:16
Ochish/sharhlash
2021-01-25 04:00:08Muammoli oilada dunyoga keldingmi, bu sening qaroring ham, aybing ham emas. Ammo u sening aybingga aylana oladi, qachonki sen shunday hayotni davom ettirishni tanlasang...

Aslida xushmuomalik xuddi vaqtga o'xshaydi. Vaqtni o'zing istamagan narsalar uchun sarflasang, u ham, senga huddi shunday javob beradi. Uchadi-yu ketadi...

  Xato qilish yaxshi. Ammo qachonki undan o'zing uchun xulosa chiqara olsang, bunga kuching yetsagina yaxshi. Va yana hammasi o'zingga bog'liq
...

Eliza K "Qahva"


@perfect_team
95 views01:00
Ochish/sharhlash