Get Mystery Box with random crypto!

​BUTUN DUNYODA 1 FEVRALDA XALQARO HIJOB KUNI NISHONLANADI Bir | Perfect_Channel🥇

BUTUN DUNYODA 1 FEVRALDA
XALQARO HIJOB KUNI NISHONLANADI

Birinchi marta Butunjahon Hijob kuni (World Hijab Day) Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi Nozima Xonning (Nazma Khan) tashabbusi bilan ilk bor 2013 yilda o‘tkazilgan.
Nozima Xon asli Bangdeshlik. Amerikada o‘qigan davrida, o‘z iffati va va hayosini asrab, xijobga kirgan ayollarga nisbatan bo‘layotgan ba’zi adolatsizliklarni ko‘rib, ushbu sharafli tashabbus bilan chiqqan.
Xozirgi kunga kelib, bu xalqaro kun dunyoning deyarli barcha davlatlariga tarqalib, muslima ayollar uni keng nishonlashadi.

Xijoblanish rohatini faqat shu lazzatni topganlargina biladi...
Satri avratli ayol ojiza ekanini, uning uchun dunyodagi jamiki ne’matlar Robbisi tomonidan xozir bo‘lganini, yuzidagi nur, ko‘zidagi quvnoqlik, qo‘llaridagi olov taft... qo‘yingki Alloh satri avratni zohiri-yu botinini shunday go‘zallashtirib, o‘rantirib qo‘yibti-ki, u naqadar baxtlidir!

O‘zining ertangi kunini bilishi o‘ta muhim bo‘lgan inson qanday? Yoki qalbi xotirjam, jon tomiridan yaqin Robbisining bergan qazoi qadariga rozi bo‘lgan, faqat Ungagina ibodat qiladigan, faqat Undangina so‘raydigan va nusratidan umidvor bo‘luvchi mo‘mina baxtlimi?!
-Ey Allohim, meni haromdan chetlatib, xaloling bilan kifoyalantir. Fazling ila meni o‘zgalardan behojat qilgin (Termiziy rivoyati)
-Ey Robbimiz, O‘zing bizlarga jufti xalollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko‘zni quvontiradigan hadya et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qil (Furqon surasi: 74 oyat).

E, iymon keltirgan opa-singillar!
Alloh taolo bergan fursat, vaqt va imkoniyatdan oxirat uchun foydalanib qolinglar.

Manba: https://t.me/basmalatv
@perfect_team