Get Mystery Box with random crypto!

Elon Muskning muvaffaqiyat tamoyillari. 2 – Saboq: Haqiqatga | Perfect_Channel🥇

Elon Muskning muvaffaqiyat tamoyillari.

2 – Saboq:

Haqiqatga yaqin g‘oyalarni ilgari suring (g‘oyaning asosi va qoidasini anglash)

Albert Eynshteynning fikricha, inson muammoni unga sabab bo‘lgan omillar yordamida hal qila olmaydi. Ammo janob Mask bu fikrga qo‘shilmaydi.

Misol uchun, odamlar akkumulyator batareyalarning har doim qimmat bo‘lganini aytishadi. Ular bu qurilmani yasash qimmatga tushishini o‘ylab ham shunday fikr yuritadilar. Biroq, Elon Maskning tajribalari, sa’y-harakatlariga ko‘ra, agar siz akkumulyatorni qismlarga bo‘lib tashlab, unga ketadigan xarajatlarga qiziqsangiz, aslida tannarx ancha arzonga tushishiga guvoh bo‘lasiz.

Maskning so‘nggi – xo‘jalik va ofislarga energiya manbaasini yetkazishda katta yangilik bo‘lishi kutilayotgan Tesla Energy loyihasi ham aynan ana shu nazariyaga asoslangan. Biz foydalanayotgan xizmatlar va mahsulotlar aslida arzon va sodda.

Biror ishni qilishdan oldin «nega buni qilishim kerak?» degan savolga javob izlang. Uning ortida turgan asosiy sabablarni toping.

Elon Mask aytadi:

«G‘oya va tashabbusni, muammo va to‘siqlarni idrok qozonida oxirgi tafsilotiga qadar qaynating. Shunda ularning sababi yuzaga ko‘tariladi.»

Amalga oshirish:

Shaxsiy yoki kasbiy eng katta muammoni hoziroq qog‘ozga tushiring.
Uni tarkibiy qismlarga bo‘lib tashlang.
Keyin mana shu qismlarni qo‘lga kiritish harakatiga tushing
.


@perfect_team