Get Mystery Box with random crypto!

Perevodchilar_uz 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi perevodchilar_uz — Perevodchilar_uz 🇺🇿 P
Telegram kanalining logotibi perevodchilar_uz — Perevodchilar_uz 🇺🇿
Kanal manzili: @perevodchilar_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 726
Kanalning ta’rifi

📌 @perevodchilar_uz
-Ôqishni köchirish böyicha soddagina malumotlar kanali🙂⚡
-Faqat Rasmiy xabarlar
-Maslaxatlar va yordam
Muhokama guruximiz : @TRANSFER_EDU_DTM_UZ
Faqat reklama uchun: @Perevodchilaruz_aloqabot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 06:34:35 Bugun kimlarningdir boshiga baxt qushi qoʻndi, qolganlar esa oʻqishga kirdi!

#tushungantushundi

Õqishni ko'chirish bo'yicha batafsil:
@Perevodchilar_uz
1.1K views03:34
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:32:50
Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan, talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi natijasida 2022/2023-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Õqishni ko'chirish bo'yicha batafsil:
@Perevodchilar_uz
1.3K viewsedited  03:32
Ochish/sharhlash
2022-08-24 21:58:42 #Perevod_2022 #Natija

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi.

Kecha 23-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar natijalari eʼlon qilindi.

Natijani bilish uchun quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuboring:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Õqishni ko'chirish bo'yicha batafsil:
@Perevodchilar_uz
2.1K views18:58
Ochish/sharhlash
2022-08-23 18:34:16
#Rektor_minbari

Universitetda ichki koʻchirishga ruxsat bermadik

Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev bir oliy taʼlim muassasasida taʼlim yoʻnalishini oʻzgartirish qanday oqibatga olib kelishini izohladi.

Õqishni ko'chirish bo'yicha batafsil:
@Perevodchilar_uz
2.0K viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2022-08-21 08:32:25
Ruxsatnomalar chiqgan! Yuklab oldinggizmi?
Anonymous Poll
69%
Xa
31%
Yõq
572 voters2.3K views05:32
Ochish/sharhlash
2022-08-20 16:02:58 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Õqishni ko'chirish bo'yicha batafsil:
@Perevodchilar_uz
2.3K views13:02
Ochish/sharhlash
2022-08-20 15:21:03
#Ichki_o‘qishini_ko‘chirish

Ichki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun so‘nggi imkoniyat

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliygohga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 22-avgust kuni soat 12:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat berildi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

Õqishni ko'chirish bo'yicha batafsil:
@Perevodchilar_uz
1.7K views12:21
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:39:03
#Ijodiy_imtihon_2022

Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

2022/2023-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy o‘quv yurtlarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlarning o‘tkazilish joyi, sanasi, vaqti haqidagi ma’lumotlar OTMning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi messenjerlari orqali e’lon qilingan.

Õqishni ko'chirish bo'yicha batafsil:
@Perevodchilar_uz
1.5K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2022-08-18 07:28:49
Ichki perevodchilar orasida arizasi "Yakuniy qaror qabul qilish uchun" qabul qilinganlar bormi?
Anonymous Poll
39%
Xa
43%
Yöq
18%
Xali javobi kelmadi
373 voters1.8K views04:28
Ochish/sharhlash
2022-08-15 14:17:00
#O‘qishini_ko‘chirish

Xorijdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni tahrirlash va to‘lov uchun qo‘shimcha muddat berildi

Ko‘p sonli talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash va belgilangan to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha bir kun berildi.

Arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16-avgust 18:00 ga qadar tahrirlab, to‘lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishlari mumkin.

Õqishni ko'chirish bo'yicha batafsil:
@Perevodchilar_uz
2.4K viewsedited  11:17
Ochish/sharhlash