Get Mystery Box with random crypto!

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI

Telegram kanalining logotibi pedpsixologiya_tdpu — PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI P
Telegram kanalining logotibi pedpsixologiya_tdpu — PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
Kanal manzili: @pedpsixologiya_tdpu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.92K
Kanalning ta’rifi

✅Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagigika universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetining rasmiy kanali.
🎓Fakultetimiz hayotidagi yangiliklardan muntazam ravishda bohabar bo'lib boring!
🗣Murojaat uchun:
👇👇👇👇👇👇
@Mohinur_Rozubayeva

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-07 21:17:26
#ОТМ_битирувчилари_диққатига

Айни вақтда 513 та вакант лавозимга иш стажи талаб қилинмайди!

Жорий йил 7 июль ҳолатига кўра, vacancy.argos.uz порталида давлат органларидаги 2 110 та вакант лавозим учун очиқ танлов давом этмоқда.

Вакант лавозимларнинг 191 таси республика, 835 таси ҳудудий (вилоят), 1 079 таси туман даражасидаги бўш иш ўринлари ҳисобланади.

Порталда мавжуд вакант лавозимларнинг 513 тасига ҳужжат топшириш учун иш стажи талаб этилмайди.

Олий таълим муассасалари битирувчилари ёхуд иш стажига эга бўлмаган фуқаролар давлат органларининг стаж талаб қилинмайдиган лавозимларини эгаллаш учун очиқ танловларда иштирок этишлари мумкин!

vacancy.argos.uz халқчил давлат хизматига очиқ йўл!

Таклиф ва саволларингизни
@vacancy_argos_bot орқали йўлланг!

Порталнинг расмий канали — @vacancy_argos
548 views18:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:38:55
BU QIZIQ

1889 - yili Angliyada qurib qolgan bir olma daraxtini kesib tashlashadi. Bu oddiy hol edi, daraxt qurib qolgandan soʻng kesib tashlanishi tabiiy hol. Lekin negadir ushbu holat butun ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi va qattiq tanqid qilindi. Buning sababi nima edi

JAVOB: Bu Isak Nyutonni boshiga tushgan olmaning daraxti edi.

@Baxtiyorovich_uz
487 views05:38
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:13:36
#YANGI_TANLOV

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
"Pedagogika va Psixologiya" fakulteti "Yoshlar giyohvandlikka yo‘q deydi” mavzusida  talabalar o‘rtasida online  rasmlar va insholar tanlovining fakultet bosqichini eʼlon qiladi !

Tanlovning fakultet bosqichi joriy 2022- yilning 11-iyulidan
16-iyulgacha davom etadi.

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun siz bir necha bosqichlarni bajarishingiz kerak bo'ladi :
1) ishtirokchining familiyasi,ismi va otasining ismini ko'rsating
2) ta'lim yo'nalishi ,o'quv kursi va guruhingizni kiriting
3) quyidagi Telegramm manziliga ijodingizni ( rasm yoki insho formatda) yuboring
 
Murojaat uchun :@feruzaimomali

BARCHA TALABALARGA OMAD TILAYMIZ!
830 viewsedited  15:13
Ochish/sharhlash
2022-07-04 08:41:32
#Rektor | #Munosabat

Barchamizga ma’lum, qoraqalpoq hamda o‘zbek xalqi azal-azaldan tarixdan bir-biriga qardosh xalq bo‘lib kelishgan.

Yurt ravnaqi uning kelajagi uchun bir tanu bir jon, kamarbasta bo‘lib xizmat qilib kelganlar. Et bilan tirnoqni ajratib bo‘lmagani kabi bu ikki xalqni ham ayro tassavur qilib bo‘lmaydi. Baxtimizga davlatimiz boshida oqil lider bor, va u kishining odamlarni xalqni tinglash qobilyati, masalaga boshqalar nuqtayi nazaridan qaray olish kabi oliy sifatlari ila bugun shunaqangi murakkab qaltis vaziyatda eng to‘g‘ri qaror qabul qilindi.

Prezidentimiz o‘z bayonotlarida: o‘zbeklar va qoraqalpoqlar ikki tilli bir el ekanini, mamlakatimiz birligi va tinchligini qadriga yetish kerakligini ta’kidlaganlaridek, bizga faqatgina tinchlik osoyishtalik va hamjixatlik zarurdir.

Abdug'affor Qirg‘izboyev,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook
506 views05:41
Ochish/sharhlash
2022-07-01 18:29:08
#Qabul_2022|#Magistratura

Magistraturaga qabul boshlandi

2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

@eduuz
552 views15:29
Ochish/sharhlash
2022-07-01 18:02:30
#Qabul2022
#magistratura

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
468 views15:02
Ochish/sharhlash