Get Mystery Box with random crypto!

Chilla saqlash nima? — Farzand tug’ilib, tug’ruqxonadan  kelg | PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵

Chilla saqlash nima?

Farzand tug’ilib, tug’ruqxonadan  kelgach u chillali hisoblanadi. Uni uyning eng ichkari xonasiga 7 qavat ko’rpachaga olib kirib, qavat-qavat kiyimlarni kiydirib, yo’rgaklab, beshikka bog’lab, pardalarini yopib qo’yib, onasini ham hech kimga yaqin yo’latmay, uyga qamab, yana unga dieta qilishi kerakligini uqtirish to’g’rimi?

— Yo’q albatta! Yangi tug’ilgan chaqaloq nozik, tashqi muhitga moslashayotgan bo’ladi, lekin bu uni toza havodan, tabiatdan, quyoshdan cheklash kerak degani emas. Uni qalin kiyintirish qizib ketishiga sabab bo'ladi.

Ona ham tug’ruqdan keyin aksariyat psixalogik ta’sirlarga beriluvchan bo’lib qoladi. Bola bilan birga bo’lish, toza havoda sayr qilish, ratsional ovqatlanish, tozalikka rioya qilish, partnyori(ota)ning ko'magi chilla davrini olib borishda eng to’g’risi.

@pediatronline