Get Mystery Box with random crypto!

Homilador onasini emayotgan bolaning holatida nima o’zgaradi? | PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵

Homilador onasini emayotgan bolaning holatida nima o’zgaradi?

Emizikli ayol homilador bo’lganidan keyin uning atrofidagilar emizishni to’xtatishi kerakligini aytishadi. “Bu bolaga va homilaga salbiy ta’sir ko’rsatadi” deb ta'kidlashadi.

Aslida ham shundaymi?

Yo’q emizishning homilaga ham, emayotgan bolaga ham hech qanday ta’siri kuzatishlar davomida aniqlanmagan!

Bolaning injiq bo’lib qolishi, homiladorlik gormoni progesteron sut hosil bo’lishini kamaytiradi, oksitotsin kamaygani uchun sut ajralib chiqishi pasayadi, natijada bola avvalgi harakati bo’yicha emsa ham yetarli sutni ola olmaganidan injiqlik qilib, onasidan ajralishni istamaydi.

"Homilador ayolning suti ayniydi, bolasini zaharlaydi", degan fikrlar ham noto’g’ri. Ayrim holatlarda boshqa sabab tufayli oshqozon ichak faoliyati buzilishlari kuzatilgan bo’lsa homiladorlik sabab qilib olinadi.

Shunchaki, homilador ayol vaqtida dam olib, to’laqonli oziqlanishga amal qilish kerak. Eng muhimi esa, yaqinlarining qo'llab-quvvatlashi!

@pediatronline