Get Mystery Box with random crypto!

Bola yiqilib tushsa..?   Bola o'z uzunligiga teng balandlikda | PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵

Bola yiqilib tushsa..?
 
Bola o'z uzunligiga teng balandlikdan yiqilsa havotirlanmasa bo'ladi.
 
Xavf omillari: yiqilgan yuzaning qattiq bo'lishi, 1metrdan baland bo'lishi, boshi bilan yiqilishi. Yiqilgan zahoti vahimaga tushmang, bolani umumiy holatiga baho bering, tanasini ko'zdan kechiring- shish, qizarish, ko'karish, shilinishlar bor yoki yo'qligiga. Shishayotgan joyga biroz muddatga muz yoki ho'l sochiq bosib turing.

Asosiysi onaning ayni vaziyatda o'zini tuta bilishi.
Qo'rquvni yengib, tezkor fikrlab, bolani holatini baholash va birinchi yordamni ko'rsata bilishi kerak. Onadagi qo'rquv bolaga o'tib holatini og'irlashtirishi mumkin. O'zingiz va bolani tinchlanishi keyingi qadamlarni yengil o'tishiga yordam beradi.


Lozim bo'lsa, darhol travmatolog ko'rigiga olib boring.

@pediatronline