Get Mystery Box with random crypto!

EMIZIKLI DAVRDA OZISH Ko‘pchilik ayollar chaqaloq dunyoga k | PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵

EMIZIKLI DAVRDA OZISH

Ko‘pchilik ayollar chaqaloq dunyoga kelgach o‘z go‘zal qomatlarini qanday qilib qaytarish haqida o‘ylab qoladilar.

Biroq hamma ayollarda ham gormonal o‘zgarish va na emizish vazn tashlashga olib kelmaydi. Qattiq parhezlar esa emizikli ayol va chaqaloqqa faqat zarar keltirishi mumkin.

Emizikli davrda ozishning iloji bor, ammo buni asta-sekin, keskin parhezlarsiz amalga oshirish kerak.
Taomnomangizdan yog‘li taomlar va shirin ichimliklarni chiqarib tashlang.
Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning va yetarli darajada toza suv iching
Jismonan faol bo‘ling,toza havoda sayr qiling.
Ko‘pgina mashqlarni kichkintoyingiz bilan birga bajarishingiz mumkin, aminmanki, u ham bundan bir olam zavq oladi.
Tez tez suv ichib turing.
Tanaga suv yetishmasligi natijasida sut ham kelmaydi.

Yodingizda tuting emizish davrida zararsiz ozish oyiga 2 kgni tashkil qilishi kerak, aks holda bola va ona salomatligiga jiddiy zarar yetishi mumkin.

@pediatronline