Get Mystery Box with random crypto!

Ona suti bola ehtiyojini to'liq qondiryaptimi yo'qmi qanday an | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Ona suti bola ehtiyojini to'liq qondiryaptimi yo'qmi qanday aniqlash mumkin

Har bir onani bolam sutimga to'yyaptimi yoki yaxshi o'syaptimi degan savollar doim o'ylantiradi.

Kichkintoy ona sutiga to'yyaptimi yo'qmi quyidagilar orqali aniqlash mumkin:

Bola sutka davomida tagligini 6 va undan ko'p marta och sariq rangli siydik bilan ho'llashi
24 soat oralig'ida 3 martadan 6 martagacha sariq rangda ichi kelishi
Hayotining dastlabki 6 oyi davomida oyiga 700-800 g, haftasiga esa o'rtacha 150-250 g vazni ortib borishi
Sutka davomida kamida 10-12 marta emishi
Qisqa dam olishlar bilan ritmik emishi, jag' harakatlarini ko'rinib turishi
Emizish seanslari oralig'ida bolaning tetik, faol va harakatchan bo'lishi.

Bolada yuqoridagi hamma belgilarni bo'lishi, uni ona suti bilan to'laqonli ta'minlayotganini bildiradi. Kerak bo'lmagan holatda sun'iy aralashmalarga o'tib ketishni oldini oladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook