Get Mystery Box with random crypto!

Tug‘ma stridor nima o‘zi? Bola nafas olganida normada ovoz es | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Tug‘ma stridor nima o‘zi?

Bola nafas olganida normada ovoz eshitilmaydi. Ba'zi bolalarda nafas olayotganda shovqin eshitiladi. Tug‘ma stridor bu-chaqaloqlardagi shovqinli, qattiq, dag‘al nafas(xuddi videodagidek).

Buning asosiy sababi nafas yo‘llaridagi anomaliyadir. Ya'ni hiqildoq va traxeyadagi torayish hisobiga o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi shovqinli bo‘ladi(hushtakni eslang).

Agar shovqinli nasaf bilan birga og‘iz atrofi ko‘karishi, marmarsimon teri, yutishga qiynalish va ozib ketish kuzatilsa, bolani darhol shifokor pediatr va lor ko‘rigiga olib borish lozim.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook