Get Mystery Box with random crypto!

Jahonda noma’lum turdagi gepatit tarqalmoqda Jahon sog‘liqni | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Jahonda noma’lum turdagi gepatit tarqalmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti axborotiga ko‘ra, aprel oyi boshidan buyon 11ta davlatda bolalar orasida noma’lum turdagi gepatitga chalinish bilan bog‘liq 169 ta holat qayd etilgan, bir bola vafot etgan.

Kun.uz ushbu masalada Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘landi.

Bu kasallik haqida axborot olyapmiz, JSST bilan aloqadamiz. Rasman ta’kidlayman – gepatitning yangi turi O‘zbekistonda qayd etilgani yo‘q. Ma’lumot o‘rnida aytishim mumkinki, koronavirus pandemiyasi davrida aholi orasida gigiyena qoidalariga jiddiy e’tibor berilgani sababli qator yuqumli kasalliklar, jumladan gepatit tarqalishi pasayishiga erishildi. Ammo bu nazoratni susaytirish kerak, degani emas. Gepatit profilaktikasi yil davomida va muntazam olib borilishi shart. Yangi tur kirib kelmasin, degan niyatdamiz, albatta. Agar qayd etilsa ham, bu haqda darhol xabar beriladi, – dedi vazirlik matbuot kotibi Furqat Sanayev.

Manba

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ