Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan bir vid | PEDIATR SHIFOKOR

#Mulohaza

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan bir video yuragimni chilparchin qildi (siz ham shu holatga tushganingiz aniq). Nahotki shu darajaga kelib qoldikmi? Oʻzbekistonlik, Toshkentlik bir erkak (balki otadir (aqli noqis)) bir nechta bolalarni qiynoqqa solib, bolalarni tepib, urib, boʻgʻib (aytgani tilingiz bormaydiya) ozor berganligini koʻrishingiz mumkin.
Oh shu holatga kelib qoldikmi? Biz musulmonmizku, bizda bolalarga farishtalarga qaragandek qaraladiku...

Bir vaqtlar gʻarbda bolalarga hayvoniy xirs ortidan kelgan shayton deb qaralayotgan bir paytda sharqda bolalar muqaddas hisoblanar edi. Gʻarb olimlari sharq mamlakatlariga borib tarbiyaning sirlarini oʻrganar edi. Hamisha tarbiyada oʻrnak boʻlgan sharqning ayrim ota-onalariga nima boʻlmoqda?

... Mohiyatiga yetsak, asosida ilmsizlik yotadi, diniy va dunyoviy ilmlardan bexabarlik yotadi, eʼtiborsizlik yotadi... Bolalarning boʻsh vaqtini behuda oʻtkazish orqali hech qachon yaxshi natijaga erishib boʻlmaydi..

Bu ketishda har qadamimizda Joʻlomonlar roʻbaroʻ boʻladi.

Jannat rayhonlarimizni asraylik, farzandlarimizga vaqt ajrataylik, eʼtibor beraylik, eng muhimi ilmli qilaylik. Ilmli inson-maʼnaviyatli inson. Maʼnaviyatli inson hech qachon ojizlarga, jajji farishtalarga ozor bermaydi.

@PEDIATR_SHIFOKOR