Get Mystery Box with random crypto!

Bursit – bo'g'im sohasida bo'g'im xaltasining yallig'lanishi, | 👩‍⚕️Diary of a pediatrician girl🫀🦋

Bursit

– bo'g'im sohasida bo'g'im xaltasining yallig'lanishi, o'tkir va surunlkali xarakterga ega, tirsak yallig'lanishi eng ko'p uchraydi.

SABABLARI:

Bo'g'im travmalari; Bo'g'imning uzoq vaqt mexanik ta'sirlanishi; Tuz yig'ilishi (revmatoidli kasalliklari); Yiringli yallig'lanish; Ba'zi kasalliklar asorati.

BELGILARI:

Jarayon joylashishiga bog'liq. - Tirsak bo'g'imi bursiti – og'riq, bo'g'im kattalashishi, teri qizarishi, tana harorati ortishi; - Tizza bo'g'imi bursiti – bo'g'im shishi, tana harorati ortishi, holsizlik, qaltirash; - Oyoq kafti bursiti – tovon sohasida shish, shpora hosil bo'lishi; - Yelka bo'g'imi bursiti - harakatlanganda og'riq, yelka shishi, mushak kattalashishi, bosganda og'riq; - Tos bo'g'imi bursiti – son harakatida og'riq, chov sohasida og'riq, jismoniy zo'riqishda og'riq kamayadi. Surunkali bursit belgilari kam rivojlanganligi bilan xarakterlanadi, bo'g'im sohasida yumshoq hosila , dumaloq shaklda, shish yo'q, qizarmagan.

DIAGNOSTIKA:

- Umumiy ko'rik; - Palpatsion ko'rik; - Bo'g'im haltasi punksiyasi; - Bo'g'im rentgenografiyasi; - Artrografiya; - Bo'g'im UTTsi. Bursitni artritdan ajratish lozim.

DAVOLASH:

- Yallig'lanishga qarshi vositalar; - Og'riqsizlantiruvchilar; - Kortikosteroidlar; - Muz kompresslar; - Antibiotiklar; - Yallig'lanish suyuqligini olib tashlash; - Haltani drenajlash; - Sinovial haltaning operativ jarrohligi.

ASORATLARI:

- Osteomiyelit; - Artrit; - Svish hosil bo'lishi; - Sepsis.

PROFILAKTIKA:

- Sportchilar, og'ir ishlab chiqarish hodimlari; - Shikastlanishlarga vaqtida ishlov berish.