#Summativ_baholash PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI ASOSIDAGI | Ўқитувчилар
#Summativ_baholash
PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI ASOSIDAGI BAHOLASH TIZIMI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA HAM JORIY ETILADI
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
Unda 60 dan ortiq umumta’lim maktabidan 100 nafardan ortiq rahbar kadrlar ishtirok etishdi.
Trening doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda interaktiv mashg’ulotlar tashkil etildi.
Ma’lumot o’rnida, ushbu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tajriba-sinovdan o’tkazilgan bo’lib, yangi o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko’zda tutilgan.
Xalq ta’limi xodimlari uchun «Ўқитувчилар» kanali!. Taʼlimga oid video va fotolavha yuboring biz kanalda yoritamiz: 👉 @Lavhayuborishbot. Reklama uchun: 👉 @nodirnurjon. 7.12.2018....