Get Mystery Box with random crypto!

Test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlar | Ўқитувчилар

Test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar oʻtgan yilgi qabuldek qoldirildi).

Unga koʻra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
Oʻzbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2023/2024-oʻquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Eslatma oʻrnida, ta’lim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi
.

@pedagoglarmiz