Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi? 1-sinfga onlayn hujjat topshirganda ariza to’ld | Oʻqituvchilar uchun

#Bilasizmi?

1-sinfga onlayn hujjat topshirganda ariza to’ldirishda xatolikka yo’l qo’yilsa, uni qanday to’g’rilash mumkin?

Hukumatning tegishli qarori (01.06.2022-yildagi 295-son) bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, quyidagi holatlarda qabul komissiyasi bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin.

Bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;

tanlagan tilda bola boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;

so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.

Boshqa holatlarda bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qabul komissiyasi bir ish kunida bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Umumta’lim maktablari bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki XTV portali orqali shu kunning o‘zida ariza beruvchiga yuboradi.

Umumta’lim maktablari tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU